Hayvon Moyini Rafinatsiyalash Jarayoni

Hayvon moyi va yogʻi hayvonlar tanasidan olingan moy va yogʻni anglatadi. Yuqori darajada iqtisodiy foyda keltiradigan hayvon moylariga baliq moyi, tulen moyi, kit moyi va boshqalar kiradi. Bu moylar juda koʻp ozuqaviy moddalardan tashkil topgan boʻlib, yuqori qiymatga ega boʻlgan sogʻliqni saqlash mahsulotlar olish uchun ularga qoʻshimcha ishlov berish mumkin. Shunga koʻra hayvon moyini rafinatsiyalash uskunalari ham mashhur!

Hayvon moyi xomashyosini ekstraksiya qilish jarayonida, agar toʻgʻri ishlov berilsa, moy mahsulotlariga qoʻshimcha ishlov berish kerak boʻlmaydi va u toʻgʻridan-toʻgʻri ishlatilishi mumkin. Lekin amaldagi ishlab chiqarishda, so‘yish jarayonida qolgan qon yoki boshqa sabablarga koʻra olingan mahsulotning kislotalilik darajasi yuqori yoki tarkibida kollagen va boshqa keraksiz moddalar boʻladi. Shuning uchun bu hayvon moylarini isteʼmol qilish uchun qoʻshimcha rafinatsiyalash kerak.

hayvon moyi baliq moyi


Shu oʻrinda hayvon moyini rafinatsiyalashdagi 4 ta asosiy jarayon bilan tanishtirmoqchimiz:
Gidratatsiyalash, rangsizlantirish, kislotalilikni kamaytirish va dezodoratsiyalash.

Hayvon moyini rafinatsiyalash jarayoni bilan tanishish

  • Gidratatsiyalash: gidratatsiyalash jarayonining maqsadi asosan oqsil, fosfolipid va shilliq moddalardan iborat boʻlgan moy xomashyosi tarkibidagi kolloid aralashmalardan xalos boʻlish hisoblanadi. Hozirda biz asosan suv yordamida gidratatsiyalashdan foydalanamiz.
  • Rangsizlantirish: oqartirishdan koʻzlangan maqsad moydagi pigmentlarni olib tashlash hisoblanadi. Bu jarayonda shimib oluvchi rangsizlantirish usuli qoʻllaniladi va faollashtirilgan tuproq qoʻshish yoki pigmentlar va ayrim moylarni degradatsiyalovchi mahsulotlarni shimishi mumkin boʻlgan faollashtirilgan uglerod qoʻshish orqali amalga oshiriladi.
Pokistondagi 5 t/k quvvatga ega baliq moyini rafinatsiyalash zavodi
pokistondagi 5 t/k quvvatga ega baliq moyini rafinatsiyalash zavodi
 
  • Kislotalilikni kamaytirish: qaynagandan keyin hayvon moylaridagi kislota qiymati juda yuqori boʻlganligi sababli, u hayvon moyidan foydalanish standartlariga javob bermaydi, shuning uchun uni kislotalilikni kamaytiruvchi jarayondan oʻtkazish kerak. Umumiy foydalanilagan usul kislotalilikni fizik kamaytirish hisoblanadi.
  • Dezodoratsiyalash: dezodoratsiyalashdan koʻzlangan maqsad tashqi muhitdan aralashgan iflosliklarni va xom oqsilning parchalanishidan hosil boʻlgan mahsulotlarni, shuningdek, aldegidlar, ketonlar, quyi kislotalar, yogʻlarning oksidlanish natijasida taxirlanishidan hosil boʻlgan giperoksid kabi yomon hidli moddalarni tozalash. ABC Machinery kompaniyasining yangi rafinatsiyalash jarayonida bu jarayon va kislotalilikni kamaytirish jarayoni birlashtirilgan kislotali dezodoratsiyalash minorasida bajariladi.
Boliviyadagi 2 t/k quvvatga ega tovuq organlari yogʻi/moyni rafinatsiyalash bloki
boliviyadagi 2 t/k quvvatga ega tovuq organlari yogʻi/moyni rafinatsiyalash bloki

Yuqoridagilar hayvon moyini rafinatsiyalashning 4 bosqichi hisoblanadi. Agar sizda hayvon moyi mavjud boʻlsa va undan foydalanmoqchi boʻlsangiz, foyda olish uchun bizning hayvon moyini rafinatsiyalash liniyamizni tanlang!
Hoziroq Bogʻlaning
24/7 Mobaynida Qoʻllab-quvvatlash

Biz ingliz (English), ispan (Español), rus (Русский язык), fransuz (Français) va arab (العربية) tillarida soʻrovlar qabul qilamiz. Bizning professional jamoamiz sizga bir ish kuni ichida javob qaytarishadi. Biz bilan bogʻlaning!

Biz Bilan Bogʻlaning!