Zaytun Moyiga Ishlov Berish Texnologiyasi

Zaytun moyi zaytun mevasidan toʻgʻri mexanik usullar bilan ajratib olinadigan moyning bir turi hisoblanadi. Bu odatda sovuq holda siqiladigan moy boʻlib, eng mashhur moy bu eng yaxshi sifatga ega boʻlgan extra sof zaytun moyi hisoblanadi va shunga koʻra narxi ham eng qimmat hisoblanadi. U qancha koʻp presslansa, sifati shunchalik yomonlashadi. Uch yoki toʻrt marta ishlov berilgan yoki presslangan kunjaradan olingan moyni isteʼmol maqsadida ishlatishdan oldin rafinatsiyalash kerak. 

zaytun moyi qanday olinadi
Zaytun Moyi Qanday Olinadi


Zaytun Moyining Foydali Jihatlari

  • Oʻziga xos xushboʻy hidli sof zaytun moyi 0℃ daraja ostida ham suyuq holatini saqlab qoladi, shuning uchun uni sovuq moy va pishirish moyi sifatida ishlatish mumkin. 

  • Zaytun moyining inson tanasiga soʻrilish darajasi 93,45% gacha boʻlib, zaytun moyi turli xil davolash funksiyalarga ega, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklarini kamaytirish va bolalar suyaklari va asab tizimini ragʼbatlantirishda alohida taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun zaytun moyi “oʻsimlik moylarining qirolichasi” deb ataladi.  

  • Bundan tashqari, zaytun moyi tibbiyot, sartaroshlik, yuvish, oziq-ovqat va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.

Zaytun Moyining Global Rivojlanish Holati

Olea europaea – Zaytundoshlar oilasiga kiruvchi Osmantus jinsiga mansub oʻsimlik. Uning vatani Oʻrta Yer dengizining sharqiy qirgʻogʻi hisoblanadi. Hozirda u asosan Oʻrta Yer dengizi sohillari va Oʻrta Yer dengizi iqlimiga ega boʻlgan boshqa mintaqalarda, masalan, Qoʻshma Shtatlardagi Kaliforniyada tarqalgan.

zaytun moyining global bozori
Zaytun Moyining Global Bozori

Zaytun moyi dunyodagi eng qadimgi va eng qimmatli moylardan biridir. Zaytun moyi Oʻrta Yer dengizi sohillarida 4000 yildan koʻproq vaqt davomida yetishtirib kelinmoqdi, bu yerda moyt ishlab chiqarish dunyodagi jami zaytun moyi ishlab chiqarish miqdorining qariyb 85% ni tashkil qiladi. Bugungi kunda Ispaniya dunyodagi eng yirik zaytun moyi ishlab chiqaruvchisi boʻlib, undan keyingi oʻrinlarni Italiya, Gretsiya, Tunis va Portugaliya egallaydi. Ushbu mamlakatlarda zaytun moyining hosildorligi umumiy milliy isteʼmol qilinadigan moyning 80-90% ni tashkil qiladi.

Zaytun Moyiga Ishlov Berish Jarayoni Blok-sxemasi Va Texnik Xususiyatlari

Zaytun moyiga ishlov berish texnologiyasi va uskunalari nisbatan sodda hisoblanadi. Anʼanaviy usul pishgan va toza zaytun mevalarini tosh tegirmonda maydalash, soʻngra ularni qadoqlash uchun toza maxsus somon qoplaridan foydalanish va qisuvchi mashina yordamida moyni siqishdan iborat. Filtrlash, tindirish, idishga joylashdan keyin zaytun moyi tayyor boʻladi. Zamonaviy moy ishlab chiqarish usuli moy va moy qoldiqlarini yuqori tezlikda sentrifuga yordamida tezlik bilan ajratish hisoblanadi, bu moy ajratib olish tezligi va sifatini samarali ravishda yaxshilaydi.

Zamonaviy Zaytun Moyi Ishlab Chiqarish Jarayoni

Yangi mevalarni yigʻish → tashish va saqlash → tozalash uchun novdalar va barglardan qutulish → maydalash → aralashtirish → sentrifugal dekantatsiya → sentrifugal ajratish → saqlash → shishaga quyish

Zaytun Moyi Ishlab Chiqarishdagi Texnik Xususiyatlar


Yangi Mevalarni Yigʻish 

Turli navlarga muvofiq eng yaxshi terim oylari noyabrdan kelgusi yilning fevraligacha davom etadi. Mevalar yerga tegmasligi kerak. Yashil zaytun mevasida moy miqdori past, ammo polifenollar miqdori yuqori, qora zaytun mevasida esa moy miqdori yuqori, ammo antioksidantlar darajasi past. Shuning uchun, sifat va moy hosildorligini taʼminlash uchun yashil meva va qora mevalarning optimal nisbati 75:25, lekin haqiqiy ishlab chiqarishda nisbati 50:50 atrofida boʻlishi kerak.

Tashish Va Saqlash 

Yigʻilgan yangi mevalarni kichik savatlarga solish va keyin savatlarni bir joyga toʻplash, ularni zavodga olib borish va ventilyatsiyaga ega saqlash xonasiga yoyish kerak, bunda ortiqcha bosim, issiqlik va koʻkarishning oldini olish kerak, aks holda mevalar osonlik bilan kislorod bilan toʻyinadigan va fermentlanadigan boʻlib qolishi mumkin. Ammo haqiqiy tashish paytida mevalar qoplarga solinadi, shuning uchun mevalarni saqlash muddati 1-2 kundan oshmasligi kerak.

Shoxlar Va Barglardan Qutulish

Ushbu bosqichda tasmali konveyer va havo oqimi qoʻllaniladi va novdalar va barglar tortuvchi ventilyator yordamida mevalardan ajratiladi. Bu bosqichda mevalar orasida barglar boʻlmasligi kerak, chunki barglarda juda ko'p xlorofill mavjud bo'lib, chunki ular yuqori haroratda maydalash va aralashtirish jarayonida osonlik bilan kislorodga toʻyinadi va bu yogʻning sifatiga taʼsir qiladi, shuning uchun tortuvchi ventilyatorning quvvati yuqori boʻladi.

Tozalash

Ushbu bosqichning maqsadi changdan tozalash va kam sonli barglardan qutulish hisoblanadi. Tozalash uchun maʼlum miqdorda suv kerak boʻladi, natijada chiqindi suv hosil boʻladi. Chiqindi suv miqdorini kamaytirish uchun mevalarni tozalashda aylanma suvdan foydalaniladi va standart 2 tonna suv yordamida 5 tonna meva tozalanadi.

Maydalash

Mevalarni maydalashda uchun bolgʻali maydalagichdan foydalaniladi, ulardagi elak teshiklarining kattaligi va urish tezligi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Elakning optimal diametri 6 mm va optimal urish tezligi 2500~3000 ay/daq. Bunday sharoitda moyning kislotaligi, peroksidning ultrabinafsha qiymati, umumiy polifenol va sterol va boshqalar yaxshi natijaga erishadi.

Aralashtirish 

Ezilgan zaytun boʻtqasi aralashtirish hovuziga oʻtkaziladi va vintli shtift harakati yordamida bir xilda aralashtiriladi. Bir tomondan, u issiqlik tarqalishi uchun foydalidir, boshqa tomondan, u emulsifikatsiyaning oldini olish uchun moy tomchilari shakllanishiga yordam beradi. Harorat va aralashtirish vaqtini nazorat qilish muhim. Eng yaxshi vaqt 30 daqiqa va harorat 40℃ darajadan past boʻlib, bunda haroratni pasaytirish uchun qatlamlararo suv oʻtkazish usulidan foydalanadi.

Sentrifugal Dekantatsiya

Hozirgi vaqtda koʻpgina zavodlar uch fazali sentrifuga, bir qancha zavodlar esa ikki fazali sentrifugadan foydalanadi. Birinchisiga 40%-50% suv qoʻshilishi kerak, va siqilgan massa taxminan 45% ni egallaydi, uning qoldiq moy nisbati 4%-6% ni tashkil qiladi, moy ekstraksiya darajasi taxminan 25% ni tashkil qiladi, ikkinchisiga esa suv qoʻshish kerak emas va siqilgan massa taxminan 75% ni tashkil etadi, uning namligi 60%-65% ni tashkil qiladi, moy ekstraksiya darajasi taxminan 25% ni tashkil qiladi. Sentrifuganing aylanish tezligi 3000 ay/daq.ga teng.

Saqlash

Sentrifugal tarzda ajratilgan moy yorugʻlik va issiqlikdan saqlash uchun katta zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan sisternaga solinishi kerak, agar kerak boʻlsa, moyni himoya qilish uchun sisternani azotga solib qoʻyish kerak.

Shishalarga Quyish

Sisternadagi moy suv va yogʻ qoldiqlarini muntazam ravishda chiqarib yuborishi kerak. Agar moy hali ham xira boʻlsa, kizelgur bilan aralashtirilgan moyni varaqsimon ramka bilan filtrlash mumkin, keyin moy maʼlum miqdorda kichik idishlarga solinadi.

Zaytun moyi xomashyo sifatida erituvchi ekstraksiyasi yoki kuchli esterifikatsiyaning oʻrniga Olea europaea oʻsimligining yangi mevasidan olingan moyni anglatadi. Xalqaro zaytun moyi kengashi isteʼmol qilinadigan zaytun moyini besh toifaga ajratadi, jumladan sof zaytun moyi va rafinatsiyalangan zaytun moyi.

Sof zaytun moyi toʻgʻridan-toʻgʻri yangi zaytun mevalaridan mexanik sovuq presslash orqali olinadigan sharbat boʻlib, filtrlash va boshqa ishlovlardan keyin, ishlov berish jarayonida kimyoviy ishlov berilmaydi.

integratsiyalangan moy pressi
Integratsiyalangan Moy Pressi
zaytun moyi pressi
Zaytun Moyi Pressi

Sof zaytun moyining uchta darajasi bor:

Sof Zaytun Moyining Darajalari Kistola Qiymati Foydalanishi
Esktra Sof Zaytun Moyi <0.8%

Bu eng sifatli zaytun moyi boʻlib, uni presslash usulida hech qanday konservantlar va qoʻshimchalarsiz sof fizik past harorat bilan presslash usulini qoʻllaniladi.

Oliy Navli Zaytun Moyi <2%
U belgilangan oziq-ovqat standartlariga mos keladi, lekin odatda pishirish uchun ishlatiladi.
Oliy Navli Zaytun Moyi <3.3%
Faqat rafinatsiyalangan zaytun moyini rafinatsiyalash uchun ishlatiladi. Kislota qiymati 3,3% dan ortiq boʻlgan zaytun moyini odatda isteʼmol qilib boʻlmaydi, lekin u moyli lampalar uchun yoqilgʻi sifatida ishlatiladi.

rafinatsiyalangan yuqori sifatli moy
Rafinatsiyalangan Yuqori Sifatli Moy

Zaytun Moyi Ishlab Chiqarish Jarayoni Haqida Video

Boshqa ozuqaviy moylar bilan solishtirganda, zaytun moyi oʻziga xos afzalliklarga ega, ammo bu afzalliklar zaytun moyi haqidagi afsonalardek emas. Zaytun moyiga boʻlgan talab va uning juda mashhur boʻlishining sababi soʻnggi yillarda “Oʻrta Yer dengizi parhezi” targʻib qilinayotgan sogʻlom marketing konseptsiyasi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, dunyoda zaytun daraxti yetishtiradigan va zaytun moyi ishlab chiqaradigan davlatlar koʻp emas. Marketing natijasida ishlab chiqarish darajasi cheklangan zaytun moyiga tlaab tabiiy ravishda oshadi. Zaytun moyini ishlab chiqarish va ishlov berish haqida koʻproq bilish uchun quyidagi shaklni toʻldirish orqali biz bilan bogʻlaning. Bizning professional biznes tajribasiga ega xodimlarimiz sizdagi shubhalarni bir ish kuni ichida hal qiladi.


Hoziroq Bogʻlaning
24/7 Mobaynida Qoʻllab-quvvatlash

Biz ingliz (English), ispan (Español), rus (Русский язык), fransuz (Français) va arab (العربية) tillarida soʻrovlar qabul qilamiz. Bizning professional jamoamiz sizga bir ish kuni ichida javob qaytarishadi. Biz bilan bogʻlaning!

Biz Bilan Bogʻlaning!