Zigʻir Moyi Ishlab Chiqarish Texnologiyasi

zigʻish moyi tayyorlang
Zigʻish Moyi Tayyorlang

Zigʻir moyi ishlab chiqarish bilan butun dunyoda shugʻullaniladi. Zigʻir moyi quritilgan zigʻir oʻsimligi donlarini presslash orqali ajratib olinadigan sariq rangli birikma hisoblanadi. Uning oziq-ovqat qoʻshimchasi va samarali dori sifatida ishlatilib kelishi 5000 yildan ortiq tarixga ega. Bu moy dunyodagi yettinchi eng yirik va Xitoydagi eng yirik moy olinadigan mahsulotdir. Keng miqyosda zigʻir doni ishlab chiqarish dunyoning ko'plab mamlakatlarida, shu jumladan AQSh, Kanada, Argentina, Xitoy va boshqa janubiy Osiyo mamlakatlarida yoʻlga qoʻyilgan. Butun dunyoda yiliga taxminan 2,4 million tonna zigʻir doni ishlab chiqariladi.

 
ABC Machinery kompaniyasi hozirda Xitoyning ENG YETAKCHI moy zavodi ishlab chiqaruvchisi va taʼminotchisi boʻlib, oʻnlab yillar davomida tajriba va tadqiqot va ishlanmalar, dizayn, ishlab chiqarish, sotish, sotishdan keyingi va savdoni birlashtirgan yirik zamonaviy korxonaga aylandi. Ushbu sahifada zigʻir moyini presslash texnologiyasining uchta turi, yaʼni issiq presslash, sovuq presslash va moy ekstraksiyasi tasvirlangan. Bundan tashqari, ABC Machinery kompaniyasi kerakli uskunalar haqida ham maʼlumot taqdm etadi.

Zigʻir Moyi Ishlab Chiqarish Texnologiyasinign Uch Turi

Zigʻir moyi ishlab chiqarish usullari odatda issiq presslash, sovuq presslash va erituvchi ekstraktsiyasi hisoblanadi.

1. Zigʻir Moyini Issiq Presslash Orqali Ishlab Chiqarish Jarayoni


zigʻir moyini issiq presslash orqali ishlab chiqarish jarayoni
Zigʻir Moyini Issiq Presslash Orqali Ishlab Chiqarish Jarayoni

Yangi zigʻir moyini issiq presslash orqali ishlab chiqarish jarayoni yaqinda joriy qilingan texnologiya boʻlib, zigʻir donini anʼanaviy pishirilgan holda presslash usuliga asoslanadi. U ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyasidan va kuchli taʼmga ega boʻlgan mashhur yeryongʻoq moyi, kunjut moyi va boshqa bir qator kuchli taʼmga ega moylarni ishlab chiqarish tajribasidan foydalanadi. 

zigʻir moyini issiq presslash liniyasi narxi
Zigʻir Moyini Issiq Presslash Liniyasi Narxi

Jarayon tafsilotlari:
Zigʻir Doniga Birlamchi Ishlov Berish: xomashyo sifatida ishlatiladigan zigʻir donlari yuqori sifatli va yangi boʻlib, ular keyinchalik presslanadi, oʻta yuqori haroratlarda xushboʻy moylarga qoʻshiladi va quritiladi. Quritgandan keyin, mexanik presslash jarayoni amalga oshiriladi, bunda bu issiq donlarga pastroq harorat bilan taʼsir koʻrsatiladi. Bu quritilgan va sovutilgan urugʻlar keyinchalik tosh va nobop aralashmalardan tozalash jarayonidan oʻtadi va ichi boʻsh, past sifatli donlar ajratib tashlanadi. Donlardagi barcha temir va boshqa aralashmalar tozalangach, ular katta voronkaga joylashtiriladi va ikki qismga boʻlinadi. Keyingi bosqichda ajratilgan va tozalangan donlar yuqori haroratlarda qoʻshimcha xushboʻylikka ega boʻlishi uchun aylanuvchi barabanli qovurish mashinalariga yuboriladi. Tanlangan zigʻir donlari keyingi ishlov berish va sifatini yaxshilash uchun maydalash mashinalariga joylashtiriladi. 
Moyni Presslash Jarayoni: keyin barcha donlar qovurish tavasiga oʻxshash katta konteynerga yuboriladi, shunda keyin ular zigʻir moyini presslash mashinasiga yuboriladi. Preslash jarayoni tugallangandan keyin kuchli taʼmga ega xom moy olinadi, u alohida katta sisternalarda alohida saqlanadi. Presslash jarayonidan keyin qolgan qoldiqlar yuqori natijalarga erishish maqsadida qayta ishlab chiqarish jarayonidan oʻtish uchun qayta yuboriladi.
Moy Ekstraksiyasi Jarayoni: ajratib olingan xom moy nasoslar orqali sovitish qozonlariga yuboriladi. Harorat 30-35 darajaga tushgach, moy filtr plastinkalariga quyiladi, bu yerda turli nopok aralashmalar va eskirgan kunjara kukuni tozalanadi. Keyin moy issiqlik almashtirgichlariga yuboriladi va oxirida, harorat odatda 15 darajaga tushadigan katta choʻkindi hosil boʻluvchi sisternalarga oʻtkaziladi. Ishlab chiqarish jarayoni tugagandan soʻng, ajratib olingan moy oʻzi uchun ideal boʻlgan past haroratli sharoitda saqlanadi.

Quyidagi videoda zigʻir moyi ishlab chiqarish zavodidagi toʻliq jarayon koʻrsatilgan.

Zigʻir moyini issiq presslash jarayonining xususiyatlari: : 1. Moy hosildorligini oshirish   2.Moy taʼmini yaxshilashl   3.Xushboʻy hidni boyitish

Zigʻir doni moyini issiq presslash jarayoni oddiy, keng tarqalgan va arzon moyni presslash jarayoni boʻlib, uning yordamida kamroq investitsiya bilan yuqori daromad olish mumkin. Agar siz moy ajratib olish texnologiyasi va uskunalari bilan qiziqsangiz, biz bilan bogʻlaning! ABC Machinery sizning savollaringizga javob beradigan malakali mutaxassislarga ega!

eng yaxshi biznes reja bilan oʻz ishlab chiqarish liniyangizni qanday boshlash kerak

2. Zigʻir Moyini Sovuq Presslash Orqali Ishlab Chiqarish Jarayoni


zigʻir moyini sovuq presslash orqali ishlab chiqarish jarayoni
Zigʻir Moyini Sovuq Presslash Orqali Ishlab Chiqarish Jarayoni

Zigʻir moyini sovuq presslash deganda past haroratda katta jismoniy va mexanik bosim ostida olinadigan oʻsimlik moyi tushuniladi, shuning uchun uni sovuq presslash deyiladi. Ushbu usulda zigʻir donlari anʼanaviy yuqori haroratda aralashtirib qovurish yoki bugʻlash jarayonidan oʻtmaydi, shuning uchun moy hali deformatsiyalanmagan oqsil hujayralarida taqsimlanadi va zigʻir donining koʻplab tarkibiy qismlarini (linolenik kislota va boshqa oziq moddalar) oʻzida saqlab qoladi.

Sovuq Presslash Jarayoni Xususiyatlari: 
1. Yuqori haroratda moyni presslash bosish va oqsillarning denaturatsiyasida moylar va shakarlarning degradatsiyasidan kelib chiqadigan zararli moddalardan saqlaydi. 
2. Yuqori harorat taʼsirida zigʻir moyi rangi toʻqroq boʻlishi va kuygan hid kelishidan saqlaydi. 
3. Koʻp sonli filtrlashdan soʻng, issiq presslash jarayonida sulfat kislotaning gidratatsiyalanishi, kaustik kislotalikning kamayishi va faollashtirilgan oq tuproq yordamida rangsizlantirish jarayoni natijasida kelib chiqadigan kimyoviy moddalarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi va ikkilamchi ifloslanishning oldini oladi. 
4. Yuqori haroratda distillash va dezodoratsiyalashdan saqlaydi, yuqori haroratda zigʻir moyidagi koʻp toʻyinmagan yogʻli kislota-a-linolenik kislotaning parchalanishini oldini oladi, tabiiy toʻliq oziq moddalarni samarali saqlab qoladi va inson tanasiga soʻrilishini va ozuqaviy qoʻshimcha boʻlishini osonlashtiradi.
Advantages: u zigʻir donidagi deyarli barcha oziq moddalarni saqlab qoladi va uning taʼmi tetiklantiruvchi va yogʻsiz, u koʻp toʻyinmagan yogʻli kislotalarga boy.
Kamchiliklari: quyi moy hosildorligi va nisbata yuqori xarajat.

3. Zigʻir Moyi Ekstraksiyasi Va Rafinatsiyalash Jarayoni


zigʻir moyi ekstraksiyasi va rafinatsiyalash jarayoni
Zigʻir Moyi Ekstraksiyasi Va Rafinatsiyalash Jarayoni

Zigʻir moyi ekstraksiyasi usulida moyli xomashyoni namlash va yuqori haroratda moy ajratib olish uchun erituvchi moydan (6-raqamli yengil benzin) foydalaniladi. Birinchi ajratib olingan moy organik erituvchilar va moylarning aralashmasi boʻlib, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmol qilib boʻlmaydi va faqatgina bir qancha moyni rafinatsiyalash jarayonlaridan (mumdan tozalash, gidratatsiyalash, suvsizlantirish, dezodoratsiyalash, kislotalilikni kamaytirish, rangsizlantirish va boshqa kimyoviy ishlov berish) soʻng isteʼmol qilinishi mumkin. Ekstraksiya qilinganidan soʻng, moy odatda ochroq rangga ega boʻlib, unda donlardagi oʻtmas tabiiy hid saqlanib qoladi yoki aniq hidga ega boʻlmaydi. Ekstraksiya jarayoni natijasida zigʻir donidagi deyarli barcha moy chiqarib olinadi va bu usulda iqtisodiy foyda juda yuqori. U zamonay moy sanoatidagi eng mashhur ishlov berish uslubi hisoblanadi.

Kompleks zigʻir moy ishlab chiqarish loyihasi boʻyich BEPUL taklif olish uchun bu yerga bosing!
uzluksiz turdagi moyni rafinatsiyalash zavodi
Uzluksiz Turdagi Moyni Rafinatsiyalash Zavodi
kichik moyni rafinatsiyalash mashinasi
Kichik Moyni Rafinatsiyalash Mashinasi

Afzalliklari: juda yuqori moy hosildorligi, quyi xarajat va yuqori iqtisodiy foyda. Zamonay moy sanoatidagi eng mashhur ishlov berish uslubi.
Kamchiliklari: deyarli barcha oziq moddalarni yoʻq qiladi va organik erituvchilarning izlari qoladi.


Zigʻir Moyining Ozuqaviyligi
Zigʻir Moyi Tarkibidagi Ozuqa Moddalari Toʻyingan Yogʻli Kislotalar Oleyk Kislotasi α-linolenik Kislota Linoleik Kislota
stearin kompozitsiyasi darajasi 9% 17% 57% 16%

Moyni mexanik presslash usuli bir qancha afzalliklarga ega, masalan:  
  • Oddiy jarayon va ishlov berish mashinalarining kamroq ishlatilishi
  • Oson ishlatish va moslashgan tarzda ishlab chiqarish
  • Uzluksiz ishlatish, moy va kunjara sifati yaxshi

Bir soʻz bilan aytganda, Xitoylik ishlab chiqaruvchi yoki taʼminotchidan zigʻir moyiga ishlov berish liniyasini zavod narxida sotib oling, zigʻir moyi ekstraksiyasi jarayoni boʻyicha BEPUL texnik koʻrsatmalarga va Meksika, Panama, Pokiston, Tailand, Qozog'iston va boshqa davlatlarda arzon narxlarda zigʻir moyi loyihasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha biznes rejaga ega boʻling. Agar sizda (mini moy zavodiga kiritilgan zigʻir moyiga ishlov berish mashinalari) haqida savollaringiz boʻlsa, qoʻshimcha maʼlumot yoki batafsil texnik xususiyatlar haqida maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlaning!

  • ABC moyni rafinatsiyalash liniyasi qandya turdagi moylarga ishlov beradi?
  • Soya moyi, yeryongʻoq moyi, kunjut moyi, raps moyi, kungaboqar moyi, guruch kepagi moyi, makkajoʻxori moyi, paxta moyi, palma moyi, kokos moyi va boshqa oʻsimlik moylari va baliq/tyulen moyi va boshqa hayvon moylari.
  • ABC Machinery qanday ishlab chiqarish quvvatiga ega mashinalarni taklif qiladi?
  • Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari:

    1 t/k, 2 t/k, 3 t/k, 5 t/k, 10 t/k, 15 t/k, 20 t/k, 30 t/k (partiyali dizayn)

    15 t/k, 20 t/k, 30 t/k; (yarim uzliksiz dizayn)

    30 t/k, 50 t/k, 100 t/k, 200 t/k, 400 t/k (uzluksiz dizayn)

Hoziroq Bogʻlaning
24/7 Mobaynida Qoʻllab-quvvatlash

Biz ingliz (English), ispan (Español), rus (Русский язык), fransuz (Français) va arab (العربية) tillarida soʻrovlar qabul qilamiz. Bizning professional jamoamiz sizga bir ish kuni ichida javob qaytarishadi. Biz bilan bogʻlaning!

Biz Bilan Bogʻlaning!