Kanakunjut Moy Zavodi Loyiha Hisoboti
Kanakunjut moyi kanakunjut oʻsimlik sifatida tanilgan Ricinus communis urugʻidan olinadi. U 12 metrgacha oʻsadigan koʻp yillik oʻsimlik. Uning yaltiroq barglari va qizgʻish gullari bor, uning urugʻlari juda zaharli boʻlib, jigarrang dogʻlarga ega. Ushbu urugʻlarning zaharli tabiatiga qaramay, uning moyi insonning tibbiy ehtiyojlari uchun foydali ekanligini isbotlangan. Odamlar nima uchun kanakunjut moyi ishlab chiqarishni istashining koʻpgina sabablari bor.
Kanakunjut Moy Zavodi Hisobotlari
ABC Machinery kichik kanakunjut moyiga ishlov berish zavodlari uchun uskunalar maketini ishlab chiqishi, ishlab chiqaruvchi narxida kanakunjut moyiga ishlov berish uskunalari bilan taʼminlashi, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarga kanakunjut moyiga ishlov berish biznesini muammosiz amalga oshirishga yordam berish uchun uskunani oʻrnatish va ishga tushirish ishlarini bajarishi mumkin.
Kanakunjut Moyi Ishlab Chiqarish
Sanoat yoki tijorat maqsadida kanakunjut moyi ishlab chiqarish bir qancha moy ishlab chiqarish jarayonlarini oʻz ichiga oladi, masalan, kanakunjut moyiga ishlov berish, moy ekstraksiyasi va moyni rafinatsiyalash jarayonlarini. Kanakunjut moyi ekstraksiyasi ishlab chiqarish quvvati, investitsiya va talablarga koʻra mexanik presslash va erituvchi ekstraktsiyaga boʻlinadi.
Kanakunjut Moyi Ishlab Chiqarish Ekstraksiyalash Jarayoni
Kanakunjut urugʻi tijorat xoʻjaliklaridan yoki yovvoyi tabiatdan olinganidan qatʻiy nazar, qobigʻidan tozalanishi kerak. Qobiqni qoʻlda yoki qobiqdan ajratuvchi mashina yordamida ajratish mumkin. Urugʻlar ogʻirligining 50% ini moy tashkil qiladi. Shunga koʻra, bu moyni ajratib olish uchun urugʻlarni maydalash va vintli moy pressi bilan presslash kerak. Ajratib olingan moy filtrlashdan oʻtadi va moyi ajratib olingan material yangi materiallar bilan birga gidravlik pressga qaytariladi. Oxirida pressdan chiqariladigan material kanakunjut kunjarasi sifatida tanilgan boʻlib, uning tarkibida odatda 10% moy mavjud. Kanakunjut kunjarasi eziladi va uning tarkibidagi 10% moy erituvchi sifatida geptan yordamida erituvchi ekstraktsiya usulida ajratib olinadi.
Kanakunjut Moyini Rafinatsiyalash Liniyasi
Moy ajratib olinganidan soʻng, filtrlashdan oʻtkazish uchun filtr pressiga oʻtkaziladi. Filtrlash jarayoni kislotalar, erigan gazlar, zarrachalar va suv kabi aralashmalarni chiqarib tashlaydi. Xom moy deb nomlanuvchi filtrlangan moy rafinatsiyalash uchun moyni rafinatsiyalash boʻlimiga olib boriladi. U bu yerda toʻrt bosqichdan oʻtadi; Moyni gidratatsiyalash, neytrallashtirish, oqartirish va dezodoratsiyalash.
Kanakunjut Moyini Rafinatsiyalash Jarayoni
- Moyni Gidratatsiyalash: bu moyni rafinatsiyalashdagi birinchi bosqich hisoblanadi. Gidratatsiyalash maqsad moydag erimaydigan birikmalarni, masalan, shilliqliklarni olib tashlashdir. Bu jarayonda filtrlangan moyda issiq suv qoʻshiladi. Keyin moy va suv aralashtiriladi va ajratuvchi tunnel ichiga quyiladi. Keyin esa erimaydigan moddalarni oʻz ichiga olgan suvli qatlam chiqarib tashlanadi. Shilliq moddalarning aksariyat qismini chiqarib tashlash uchun bu jarayon bir necha marta takrorlanadi.
- Neytrallash: ikkinchi bosqich boʻlib, undan koʻzlangan maqsad moyda mavjud boʻlgan erkin yogʻli kislotalarini yoʻq qilishdir. Bu jarayon gidratatsiyalangan moyni menzurkada 80℃ haroratda isitishni oʻz ichiga oladi. Shundan keyin 40 ml miqdorda natriy gidroksid qo’shiladi va bir xil eritma hosil boʻlguniga qadat aralashtiriladi. Natriy gidroksidi yogʻ kislotalarining bir qismini neytrallashtiradi. Keyin esa eritmada sovun shaklida paydo boʻladigan qolgan yogʻli kislotalarni chiqarib tashlash uchun natriy xlorid qoʻshiladi. Eritmadagi barcha sovun chiqarib tashlanmaguniga qadar jarayon takrorlanadi. Keyin barcha neytrallashtirilgan moy mezurkaga tortiladi.
- Oqartirish: ikkinchi oxirgi bosqich boʻlib, undan koʻzlangan maqsad rang beruvchi materiallar, oksidlanish mahsulotlari va fosfolipidlarni yoʻq qilishdir. Neytrallashtirilgan moy 90℃ darajaga qadar isitiladi va fuller tuproq tarkibli oqartiruvchi vosita qoʻshiladi va taxminan 30 daqiqa davomida aralashtiriladi. Keyin aralashma 70℃ darajadan yuqori haroratda filtrlanadi va natijada shaffof moy hosil boʻladi.
- Dezodoratsiyalash: oxirgi jarayon boʻlib, undan koʻzlangan maqsad moyni hidlardan tozalashdir.
Kanakunjut Moyi Ishlab Chiqarish Uskunalarining Ishlashiga Oid Video
Kanakunjut Moyining Qoʻllanilishi
- Bosh terisini toksinlardan tozalaydi
- Ularda havoning oʻtishini va qalinligini ragʻbatlantiradi
- U yalligʻlanishga qarshi xususiyatga ega boʻlib, boʻgʻimlarda va shunga oʻxshash mushaklarda ogʻriqni yengillashtiradi.
- Sharbat bilan aralashtirilganda va aralashma qabziyatga uchragan odam tomonidan ichilganda qabziyatni ketkizadi.
- Turli teri kasalliklarini davolaydi
- Ichburigʻ kasalliklarini davolaydi
Bir soʻz bilan aytganda, ABC Machinery kompaniyasining kanakunjut moyiga ishlov berish sanoati, kichik kanakunjut moyi ishlab chiqarish zavodlarining narxi va kanakunjut moyi ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayoni boʻyicha tahlili orqali kanakunjut moyi ishlab chiqarish biznesiga investitsiya kiritish juda istiqbolli ekanligi va foyda olish mumkinligini tushunish mumkin. Agar siz kanakunjut moyiga ishlov berish sanoatida faoliyat yuritishni istasangiz, kichik kanakunjut moyiga ishlov berish zavodini ochmoqchi boʻlsangiz yoki kanakunjut moyiga ishlov berish uskunalarini sotib olishingiz kerak boʻlsa, ABC Machinery kompaniyasi bilan bogʻlanishingiz mumkin!