Qozogʻistondagi 100 T/K Quvvatga Ega Soya/Kungaboqar Moyini Presslash Liniyasi

Ishlab chiqarish liniyasida kuniga 100 tonna soya va kungaboqar urugʻlariga ishlov berish mumkin. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari xomashyoni saqlash, saralash, toshdan tozalash, ezish, yumshatish, maydalash, bugʻlash, moyni presslash, filtrlash va boshqalardan iborat.

Mijozning maxsus talablariga muvofiq, ABC Machinery kompaniyasi soya va kungaboqar urugʻlarinining ikkalasiga ham ishlov bera oladigan ushbu moy presslash liniyasini ishlab chiqdi. Loyiha uch bosqichga boʻlingan bo‘lib, birinchi bosqichda 100 tonna soya va kungaboqar urugʻlarini presslash, ikkinchi bosqichda 100 tonna moy ajratib olish, uchinchi bosqichda esa ishlov berish va mumdan tozalash ishlari amalga oshiriladi.

Qozogʻistondagi 100 t/k quvvatga ega soya va kungaboqar moyini presslash liniyasi
Qurilish Ishlari Olib Borilayotga Kungaboqar Moyini Presslash Liniyasi
Qozogʻistondagi 100 t/k quvvatga gea moy presslash liniyasi
Kungaboqar Moyi Ishlab Chiqarish Zavodining Umumiy Koʻrinishi

Batafsil Jarayonlar

  • Xomashyoni Qabul Qilish Va Saqlash

Xomashyo soya va kungaboqar urugʻlari qabul qilib olinadi va uzluksiz ishlab chiqarish uchun saqlash omboriga joylashtiriladi.

  • Saralash

Saralash moy urugʻlar va keraksiz aralashmalar oʻrtasidagi zarrachalar hajmining farqlanishiga asoslanadi hamda moyli urugʻlar va saralovchu yuzaning nisbiy harakatlanishi asosida moyli urugʻlardan kattaroq yoki kichikroq aralashmalarni ekran teshigi orqali chiqarib tashlanadi. Moy zavodlarida keng qoʻllaniladigan saralash uskunalari tebranuvchi ekran, tekis aylanuvchi ekran, aylanma ekran va boshqalar hisoblanadi. Koʻpgina saralash uskunalari muhim ishchi komponentga, yaʼni elakka ega. Elak teshigining oʻlchami va shakli moy urugʻi boʻlaklarining haqiqiy hajmiga qarab aniqlanishi kerak.

  • Toshlardan Tozalash

Moy urugʻlari va toshlar oʻrtasidagi solishtirma ogʻirlik va suspenziya tezligining farqlanishiga koʻra, bu usul toshdan tozalash maqsadiga erishish uchun muayyan harakat xususiyatlariga va ekran yuzasidan oʻtadigan havo oqimiga ega egilgan ekran yuzasining qoʻshma harakatidan foydalanadi. Soʻrish orqali muayyan ogʻirlikdagi toshni tozalash qurilmasi odatda moyga ishlov berish zavodlarida qoʻllaniladi. Uning xususiyatlari ishlayotganda toshni tozalash qurilmasi ichidagi salbiy bosim hisoblanadi, bu samaralai tarzda chang koʻtarilishinimg oldini oladi va bitta mashinaning ishlash quvvati katta, lekin uni alohida soʻrish va changdan tozalash tizimi bilan jihozlash kerak. Puflash orqali muayyan ogʻirlikdagi toshni tozalash qurilmasi oddiy tuzilishga ega boʻlgan ventilyator bilan jihozlangan, ammo yomon ish sharoitlari va past ishlab chiqarish quvvatiga, shuning uchun u faqat kichik moyga ishlov berish korxonalarida qoʻllaniladi.

soya urugʻi moyini presslash blok-sxemasi
kungaboqar urugʻi moyini presslash blok-sxemasi
  • Ezish

Soya urugʻini maydalashda oldin, yirik oʻlchamdagi soya urugʻlarini ezish kerak. Bundan koʻzlangan maqsad soya urugʻini maydalash sharoitini taʼminlash uchun ezish orqali muayyan zarra hajmiga ega boʻlishdir. Ezilgan soyaning yuza maydoni oshadi, bu yumshatish paytida harorat va namlikning oʻtishiga yordam beradi va yumshatuvchi taʼsir yaxshilanadi. Ezilgan soya boʻlaklarining oʻlchami bir xil, yogʻi yoʻq boʻlishi, toʻplanib qolmasligi, kukuni kamroq boʻlishi va zarracha oʻlchami talablarga javob berishi talab qilinadi. Ezilgan soya urugʻining oʻlchami 4-6 dona va ezilgan soyaning kukunlik darajasi 20 toʻr/dyuymli elak orqali 10% dan kam boʻlishi nazorat qilinadi. Ezilgandan keyin dastlabki presslangan kunjaraning maksimal diagonal uzunligi 6-10 mm. Ezish talabini bajarish uchun ezish paytida moyning namligini nazorat qilish kerak. Haddan tashqari ortiqcha namlikka ega moyni ezish oson emas, bu uning tekislashuviga va moy chiqishiga olib keladi. Bu ezish uskunasi xomashyoni osonlik bilan ololmasligiga, ishlab chiqarishning qisqarishiga va boshqalarga ham sabab boʻladi. Agar suv miqdori juda past boʻlsa, ezish natijasida moy kukuni darajasi oshadi, moy tarkibli kukun bir-biriga yopishib, osonlik bilan birikma hosil qiladi. Bundan tashqari, moyning harorati ham ezish jarayoniga taʼsir qiladi. Issiq moy urugʻlar ezilgandan keyin kichikroq kukunga ega boʻladi, ammo sovuq moy urugʻlar ezilgandan keyin kattaroq kukunga ega boʻladi. Odatda, soya urugʻini ezish uchun mos keluvchi namlik miqdori 10%~15% ni tashkil qiladi. Urugʻlarni ezish usullariga presslash, kesish, qisish va maydalash kiradi. Koʻp hollarda ezuvchi uskunalar tishli rolikli ezgich, bolgʻali ezgich va diskli tozalagich tipida boʻladi. Bu yerda soyani ezish uchun tishli oʻrama ezgichdan foydalaniladi.

  • Yumshatish

Yumshatishdan koʻzlangan maqsad moyning namligi va haroratini sozlash orqali moyning elastikligi va plastikligini yaxshilash, bu orqali prokat gʻoʻlasi uchun eng yaxshi sharoitga ega boʻlish, maydalash paytida kukun hosil boʻlishi darajasini va yopishish hodisasini kamaytirish va boʻlaklar sifatini taʼminlash hisoblanadi. Yumshatish, asosan, kam moyga, kam suvga va yuqori qobiq darajasiga, yomon plastiklik va qattiq tuzilishga ega boʻlgan moylar uchun ishlatiladi. Soya urugʻi kam moy tarkibi va yomon plastiklik xususiyaitga ega, shuning uchun uni maydalashdan oldin yumshatish kerak. Prokat harorati soyaning namligiga bogʻliq boʻlishi kerak. Soya urugʻining namligi 13%-15% boʻlsa, yumshatish harorati odatda 70-80 daraja va yumshatish vaqti 15-30 daqiqani tashkil qiladi. Koʻp ishlatiladigan yumshatuvchi uskuna qatlamsimon yumshatuvchi qozon va barabanli yumshatuvchi qozon hisoblanadi. Bu yerda yaxshiroq yumshatish natijasiga ega barabanli yumshatuvchi qozon tanlangan.

  • Maydalash

Maydalash bu mexanik taʼsir oʻtkazish orqali moy xomashyosini granula shalklida presslash jarayoni hisoblanadi. Maydalashdan koʻzlangan maqsad moy urugʻlarning hujayra tuzilishini yoʻq qilish, moy urugʻlarning yuza maydonini oshirish va moy ajralishi va bugʻlanishi uchun qulay boʻlgan moyning chiqish oqimi masofasini qisqartirishdir. Maydalash moy sifati va hosildorligi bilan bogʻliq boʻlgan dastlabki ishlov berish jarayoning asosiy qismi hisoblanadi. Maydalashning asosi maydalash mashinasining ishlashida yotadi. Maydalash sifatini taʼminlash uchun maydalashdan oldin materialning namligi va harorati qatʼy nazorat qilinishi kerak. Yumshatgandan keyin namlik va harorat haddan tashqari yoʻqolmasligi uchun yumshatuvchi qutini maydalagichga oʻrnatgan maqul. Ishga kirishishdan oldin, maydalash mashinasining ish holatini diqqat bilan tekshirish kerak. Agar har ikki uchida notekis qalinlikdagi boʻlaklar boʻlsa yoki prokat qilinmagan moy boʻlaklar bilan aralashayotgan boʻlsa, tekshirishni toʻxtating va prokat masofasini sozlang (har ikki tomon ham muvozanatlangan boʻlishi kerak, juda mahkam sozlamaslik kerak). Prokat yopishmasligi uchun qirgʻichning prokat yuzasiga yaqinligini tekshiring. Xomashyosiz ishlashning oldini olish uchun oqimning bir xilligiga eʼtibor bering. Umuman olganda, xomashyo qanchalik yupqaroq oʻralgan boʻlsa, hujayra tuzilishi shunchalik koʻp shikastlanadi va moy olish effekti shunchalik yaxshi boʻladi. Tozalash mashinasidan chiquvchi boʻlaklar ingichka va bir xil boʻlishi, kukun mayda boʻlishi, moy oqmasligi kerak. Moyni presslash yoki ekstraksiya usulii bilan olishdan qatʼiy nazar, moyning hosildorligiga boʻlaklarning qalinligi katta taʼsir koʻrsatadi.

  • Bugʻ yordamida Pishirish

Ushbu bosqich moyli boʻlaklarning kirish haroratini oshirishga qaratilgan boʻlib, buning natijasida ulardan koʻproq moy ajratib olish mumkin.

  • Moyni Presslash

Keyin moyli boʻlaklar vintli moy pressiga oʻtkaziladi. Vintli moy ajratkich moy boʻlaklarining siljitish va siqish uchun vintlardagi ishqalanish va uzluksiz bosimdan foydalanadi. Moy boʻlaklari urugʻning qattiq tolalari oʻtishiga yoʻl qoʻymaydigan kichik teshiklardan oʻtadi. Shundan soʻng, presslangan moyli boʻlaklar qattiq kunjaraga aylanadi va mashinadan chiqariladi. Ajratkich presslashida foydalanilgan bosim 140–210°F (60–99°C) oraligʻida issiqlik hosil qiladi. Presslash yanada samaraliroq boʻlishi uchun xomashyo odatda 250°F (121°C) darajagacha qizdiriladi, aks holda presslashning oʻzi moyni 185-200°F (85-93°C) darajaga qizdiradi.

  • Moyni Filtrlash

Moyni filtrlash mashinasi yordamida moydagi aralashmalarni chiqarib tashlash uchun xom presslangan moy filtrlanishi mumkin va bu keyinchalik moyni rafinatsiyalash jarayonini ancha osonlashtiradi.

Hoziroq Bogʻlaning
24/7 Mobaynida Qoʻllab-quvvatlash

Biz ingliz (English), ispan (Español), rus (Русский язык), fransuz (Français) va arab (العربية) tillarida soʻrovlar qabul qilamiz. Bizning professional jamoamiz sizga bir ish kuni ichida javob qaytarishadi. Biz bilan bogʻlaning!

Biz Bilan Bogʻlaning!