Nim Moyini Ajratib Olish Texnologiyasi

Nim moyi foydali jihatlari koʻp boʻlgan oʻsimlik moyi boʻlib, keng doirada qoʻllaniladi va ishlatiladi. Ushbu moy Hindiston yarimorolidagi doimiy yashil daraxt boʻlgan nim daraxtining urugʻlari va mevalaridan siqib olinadi. Agar nim moyini yaxshi bilsangiz, nim moyi ishlab chiqarish uchun oʻsimlik moyi ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish istiqbolli investitsiya hisoblanadi. 


nim moyini ajratib olish usullari bilan tanishish
Nim Moyi Qanday Olinadi?

Nim moyi turli ranglarda boʻlib, uning sargʻish jigarrang, oltin jigarrang, yashil jigarrang, yorqin qizil yoki toʻq jigarrang turlari mavjud. Nim moyi kuchli hidga ega, unda sarimsoq va yeryongʻoqning aralashgan hidi keladi. Moyning sifati nim moyi ishlab chiqarish jarayoniga, nim moyiga ishlov berish uskunasiga va ishlatiladigan nim moyi ajratib olish usuliga bogʻliq. 

Nim Moyi Ishlab Chiqarish Uchun Moy Zavodini Qanday Tashkil Etish Kerak?

Nim moyini ajratib olishda turli usullar qoʻllaniladi, masalan, mexanik presslash, bug bilan distillash orqali presslash, suvli ekstraksiya va erituvchi ekstraksiya va boshqalar. Biroq, koʻpgina nim moyini ajratib olish zavodlarida mexanik presslash (maydalash va presslash) koʻp ishlatiladi. 

kichik nim moyiga ishlov berish liniyasi
Kichik Nim Moyiga Ishlov Berish Liniyasi

  • Nim Urugʻlarini Yigʻish Va Ajratish

Nim mevalari yigʻiladi va urugʻlarini olish uchun magʻzidan ajratiladi. Nim urugʻlari turli oʻlchamlarda boʻlib, yogʻ miqdori ham farqlanadi. Bu ularning yigʻib olingan vaqti va yetishtirilgan sharoitiga bogʻliq. Shunday qilib, nim urugʻlarining muhim xususiyatlariga qarab, ular mustaqil ravishda foydalanish uchun ajratiladi va saralanadi.

  • Urugʻlarni Tozalash Va Quritish

Saralangandan soʻng urugʻlar tozalovchi elak yordamida tozalanadi. Bu bosqich urugʻ magʻzidagi iflosliklik, novdalar yoki boshqa aralashmalarni olib tashlash uchun talab qilinadi. Urugʻlar quyosh nurlari ostida quritiladi. Buning natijasida bugʻlanish orqali namlik miqdori sezilarli darajada kamayadi.

  • Moy Ajratkich Yordamida Nim Urugʻlarini Ezish

Tozalangan va quritilgan nim urugʻlari moyni presslash mashinasiga solinadi. Bu mashina chigitlarni maydalaydi va urugʻlarga doimiy ravishda yuqori bosim oʻtkazadi. U ishqalanish va bosimdan foydalangan holda birorta moy urugʻ orqasida qolmasligiga ishonch hosil qiladi. Doimiy ishqalanish yuqori issiqlikni keltirib chiqaradi, naitjada haroratni 140°F darajadan yuqoriga koʻtarishi mumkin. Ajratkichning kichik teshigidan moy chiqa boshlaydi. (Batafsil oʻqish: Moyga ishlov berish mashinalari ishlab chiqaruvchi >>)

  • Xom Moyni Filtrlash

Nim moyi ajratib olish blokidan chiqayotgan moy tozalanmagan boʻladi. Uni bozor standartlariga moslashtirish uchun turli texnikalar yordamida rafinatsiyalanadi va filtrlanadi. Ushbu bosqich moydagi keraksiz komponentlarni olib tashlash va uni bozor standartlariga moslashtirish uchun talab qilinadi. Moy toʻliq rafinatsiyalangandan keyin omborga joylashtiriladi.

Yuqoridagi moy ajratib olish uchun mexanik presslash jarayoni edi. Nim moyi tayyorlash uchun erituvchi ekstraktsiya usulidan foydalanilganda, oq benzin yoki benzin kabi erituvchilar urugʻlar bilan aralashtiriladi. Keyin erituvchilar urugʻlardan muayyan foizgacha nim moyini ajratib olishadi. Agar kerak boʻlsa, urugʻlar eng yuqori hajmda sifatli nim moyi ishlab chiqarish uchun presslanadi. Urugʻlardan yaxshi sifatli moy chiqishi uchun utugʻ tarkibidagi namlik yoyilgan holda quritish orqali ketkazilgan boʻlishini taʼminlash muhim hisoblanadi.

Moslashtirilgan Nim Moyi Ajratib Olish Ishlanmasi Taʼminotchisi

ABC Machinery turli talablar va byudjetga muvofiq nim moyi ishlab chiqarish uchun maxsus tayyorlangan rejani taqdim etishi mumkin. Biz tomonidan ishlab chiqilgan moy tegirmonining quvvati kuniga 5~500 tonnani tashkil etadi, bu deyarli barcha mini, kichik, oʻrta yoki sanoat darajasida moyga ishlov berish ehtiyojini qondira oladi.


nim moyi ekstraksiya zavodi taʼminotchisi
Nim Moyi Ekstraksiya Zavodi Taʼminotchisi


Nim moyi ishlab chiqarish loyihasi uchun nim moyini ajratib olish mashinasi nim moyini ajratib olish usuliga koʻra tanlanadi. Umuman olganda, nim moyi ajratib olish zavodini oʻrnatish xarajatlari va narxi undagi uskunalar va oy ajratib olish texnologiyasi bilan belgilanadi. Nim moyi ishlab chiqarish biznesingiz uchun moslashtirilgan zavod loyihasiga boʻlish uchun biz bilan bogʻlaning, biz professional yoʻl-yoʻriqlar taqdim etamiz!

Moy Presslash Mashinasi Orqali Nim Moyi Qanday Ajratib Olinadi?

Nim moyi qanday olinadi? Yuqori sifatli nim moyi tayyorlash uchun zavod narxidagi moy ajratib olish mashinalari: oʻsimlik moyi uskunalari ishlab chiqaruvchisi yoki yetkazib beruvchisidan zavod narxida nim moyi ajratib olish mashinasini sotib oling, nim moyi ajratib olish jarayoni boʻyicha BEPUL texnik koʻrsatmalar va arzon narxlarda Meksika, Panama, Pokiston, Tailand, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda nim moyiga ishlov berish loyihasini tashkil etish uchun biznes rejaga ega boʻling.

Nim Moyining Muhimligi

Nim Moyi Tarkibidaig Kislotalar Linoleik Kislotasi Oleyk Kislotasi Palmitin Kislotasi Stearin Kislotasi Alfa-linolenik Kislotasi Palmitoleik Kislotasi
Kompozitsiyasi Darajasi 6–16% 25–54% 16–33%  9–24% taqdim  taqdim 

Nim moyi oʻsimlik moyi boʻlishiga qaramay, u inson isteʼmoli uchun xavfsiz emas. Shuning uchun undan pishirishdan foydalanib boʻlmaydi. Ushbu moy koʻp hollarda sovun, soch mahsulotlari va tana kremlari kabi kosmetik vositalarni tayyorlash, isitma, husnbuzar va ayurvedani davolovchi vosita sifatida, pestitsidlar tayyorlash va ogʻiz yuvish vositalarini tayyorlashda ishlatiladi. Nim moyi giyoh sifatida virus va bakteriyalarni yoʻq qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega va shuning uchun moy antiseptiklar tayyorlashda keng qoʻllaniladi. 


nim moyining qoʻllanilishi
Nim Moyining Qoʻllanilishi


Nim moyidan ichki foydalanish boʻyicha tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, moy bolalarda jigarga zarar yetkazadi. Bunga qo'ʻshimcha ravishda, homilador onalar yoki homilador boʻlishga harakat qilayotganlar nim moyi mahsulotlarini ishlatmasliklari kerak. Bu oʻsimlik yogʻi tarkibida muayyan antioksidantlar, yogʻ kislotalari va mikroblarga qarshi komponentlar mavjudligi uchun katta ahamiyatga ega. Shuning uchun u quyidagi sohalarda keng qo'llaniladi.

  • Kosmetika Sanoati

Kosmetika sanoatida u asosan shampunlar, sovunlar va qoʻl kremlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu terida mavjud boʻlgan yaralarni davolashda yordam beradi va terini muayyan infeksiyalardan himoya qiladi. Shuningdek, u sochlarni namlantiradi va ularning oʻsishini ragʻbatlantiradi.

  • Hasharotlarga Qarshi Maishiy Pestitsid Sifatida

Nim moyi muayyan tarkibiy qismlarga ega boʻlib, uni uy va bogʻdago zararkunandalariga qarshi ishlatish mumkin. Agar u toʻgʻri dozada qoʻllanilsa, bogʻda mavjud boʻlgan muhim hasharotlarga zarar yetkazmaydi, bu esa uni afzalroq pestitsid boʻlishiga sabab hisoblanadi.  

Ushbu maqsadlarda foydalanishdan tashqari, nim moyi boshqa koʻplab maqsadlarda ishlatiladi, bu esa moyning turli sohalarda katta ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi.

Hoziroq Bogʻlaning
24/7 Mobaynida Qoʻllab-quvvatlash

Biz ingliz (English), ispan (Español), rus (Русский язык), fransuz (Français) va arab (العربية) tillarida soʻrovlar qabul qilamiz. Bizning professional jamoamiz sizga bir ish kuni ichida javob qaytarishadi. Biz bilan bogʻlaning!

Biz Bilan Bogʻlaning!