Kanola Moyiga Ishlov Berish

Raps moyi deb ham atalauvchi kanola moyi odatda toʻq sariq yoki jigarrang rangda boʻladi. Kanola moyi tarkibida 0,4-1,0% araxid kislotasi, 14-19% oleyk kislotasi, 12-24% linolein kislotasi, 31-55% erusik kislotasi, 1-10% linolenik kislotasi va boshqalar mavjud. Ushbu barcha toʻyinmagan yogʻ kislotalari va E vitamini inson tanasi tomonidan yaxshi soʻriladi va qon tomirlarini yumshatish va qarishni kechiktirish uchun samarali hisoblanadi. Ozuqaviy qiymati jihatidan, raps moyi 99% gacha inson tanasi tomonidan so’rilishi mumkin va u oʻt pufagi ishlashi uchun yaxshi hisoblanadi. Hatto jigar patologik holatda boʻlsa ham,raps tarkibidagi keton moddasi inson tanasi tomonidan normal metabolollananishi mumkin.

kanola moyi ishlab chiqarish
Kanola Moyi Ishlab Chiqarish

Dunyoda kanolaning asosiy ishlab chiqaruvchilari Yevropa Ittifoqi, Kanada, Xitoy, Hindiston va Avstraliya hisoblanadi. Ushbu mamlakatlar va mintaqalarda raps moyi oʻsimlik moyi manbasi sifatida soya va palma moyidan keyin 3-oʻrinni egallaydi. Va hozirda kanola moyi ishlab chiqarish sanoatiga kirib borishin xohlaydigan investorlar ham bor.  

ABC Machinery bu jarayonni loyihalash, texnologiyani tadqiq qilish va ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sotish va sotishdan keyingi xizmat koʻrsatishni birlashtirgan keng qamrovli moy uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi havolani bosing.

eng yaxshi biznes-reja bilan o'z ishlab chiqarish liniyasini qanday boshlash kerak

Kanola Moyi Ishlab Chiqarish Uchun Qanday Uskunalar Kerak?

Kanola moyiga ishlov berish uchun bizga kanola urugʻi, soʻruvchi tebranadigan ekran, magnit separator, mineralsizlantirgich, maydalash mashinasi, bugʻ yordamida pishirish mashinasi, filtrlash mashinasi, ekstraktor, bugʻlatish orqali ajratuvchi mashina, bugʻ yordamida quritish mashinasi, qobiqdan tozalash minorasi va boshqalar kerak.

kanola moyi ishlab chiqarish liniyasi
Kanola Moyi Ishlab Chiqarish Liniyasi

Kanola yog’ini ishlab chiqarishning asosan 2 usuli mavjud: presslash usuli va ekstraktsiya usuli.
Soʻnggi yillarda moy ekstraksiyasi usuli tez rivojlanmoqda, bu organik erituvchi ekstraktsiya tamoyiliga asoslanadi va moy hosildorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ilgʻor birlamchi presslash va ekstraksiya usuli maydalash, bugʻ yordamida pishirish, birlamchi presslash va erituvchi ekstraktsiyani oʻz ichiga oladi, yaʼni moy pressi yordamida moyni 18% dan 19% gacha presslanadi, keyin birlamchi presslangan moy kunjarasiga erituvchi ekstraktsiyasi bilan islov beriladi, buning natijasida quruq moy kunjarasidagi moy qoldig'i 2% dan 3% gacha kamayadi.

Investitsiyalar rentabelligi nuqtayi nazaridan kuniga 30 tonnadan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihalari birlamchi ekstraksiyadan oldin eritish usuliga mos keladi. Agar ishlab chiqarish quvvati kuniga 1-10 tonna boʻlsa, birlamchi ishlov berish va presslash usulida moy ishlab chiqarish xarajatlari pastroq boʻladi. Ikkala ishlab chiqarish usulida ishlatiladigan uskunalar ham bir-birdan farq qiladi.

Birlamchi presslash va ekstraksiya usulida moy hosildorligi bir marta presslash usuliga qaraganda ancha yuqori, ammo birlamchi presslash va ekstraksiya usulida ishlab chiqarilgan kanola moyi tarkibida moy taʼmi va sifatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan lipid peroksid, kolloid va izotiosiyanat mavjud boʻladi. Bundan tashqari, u kanola moyini saqlashga taʼsir qiluvchi erkin yogʻ kislotasiga ham ega boʻladi. Shuning uchun, aksariyat kanola moyi ishlab chiqaruvchilar hali ham vintli moy presslash usulidan foydalanishadi.

Odatiy vintli moy presslari ekstraksiya usuliga qaraganda 100 kg raps urugʻidan 4-6 kg kamroq raps moyi ishlab chiqaradi va xom moy sifati ham yomon boʻladi. Moy hosildorligini oshirish uchun kanola moyiga ishlov berishda yuqori bosim va bugʻ yordamida pishirish haroratidan foydalanish kerak. ABC moy pressi ilgʻor texnologiya yordamida ishlab chiqilgan boʻlib, u kanola moyiga ishlov berish uchun juda mos keladi.

vintli moy presslash mashinasi uchun qaynoq sotuvlar
Vintli Moy Presslash Mashinasi Uchun Qaynoq Sotuvlar
kichik moy pressi ishlab chiqaruvchilar
Kichik Moy Pressi Ishlab Chiqaruvchilar

narx va xarajatlar haqida soʻrov

Kanola Moyiga Ishlov Berish

Birlamchi Ishlov Berish:

Bundan koʻzlangan maqsad moy urugʻlarning shaklini yaxshilash boʻlib, bu orqali moy urugʻlaridagi moy tezroq presslanadi. Asosiy koʻzlangan maqsadlar: 1. Moy urugʻlariga muayyan plastiklik xususiyati beradi; 2. Rafinatsiyalangan moy yopishqoqligini kamaytiradi; 3. Oqsilni saqlab qoladi; 4. Moy urugʻlarining biologik faolligini yoʻqotad; 5. Toksinsizlantiradi.
  • Tozalash: yaxshi birlamchi ishlov berish: tozalashdan boshlanadi, yaʼni kanola urugʻidan qum, tosh, ildiz, barg va boshqalar olib tashlanadi. Urug'larni tozalash juda muhim, chunki bu bir tomondan mahsulot sifatini (moy va kunjara) taʼminlashi mumkin, ikkinchi tomondan, birlamchi ishlov berish uskunalarning eskirishini oldini oladi.
  • Issiqlik Bilan Ishlov Berish, Yaʼni Bugʻ yordamida Pishirish: issiqlik bilan ishlov berish kanola urugʻidagi moy hosildorligini oshirishning bir usuli hisoblanadi; u moy zavodida muhim jarayon hisoblanadi.

Kanola Moyini Presslash:

kanola urugʻi boshqa moyli urugʻlardan farq qilgani uchun, kanola moyi pressining chuvalchansimon qismi va bochkasi boshqacha boʻlishi kerak. Ishlab chiqarishda chuvalchansimon qism moyli urugʻlarning molekulalarini toʻliq parchalashi va koʻp miqdorda moy ishlab chiqarish uchun foydali boʻlgan arra tishi shaklidagi egri chiziq va konusga ega boʻlishi kerak.


moy presslash liniyasi

Kanola Moyini Rafinatsiyalash:

Birlamchi presslash natijasida olingan kanola moyi ham, eritish yoʻli bilan olingan kanola moyi ham izli aralashmalarga ega boʻladi. Yuqori standartdagi ozuqaviy moy olish va ozuqaviy moyning saqlanish muddatini uzaytirish uchun xom moy ham rafinatsiyalanishi kerak.
Raps moyini (Kanola moyini) rafinatsiyalash asosan gidratsiya, ishqorli rafinatsiyalash, oqartirish va dezodoratsiyalash va boshqa jarayonlarni oʻz ichiga oladi.

  • Gidratsiya raps moyidan gidrofilik fosfolipidni chiqarish yoki qayta ishlashni anglatadi, shuningdek, bu jarayon defosforizatsiya deb ataladi.
  • Ishqorni rafinatsiyalash xom kanola moyini tozalash jarayoni boʻlib, bu xom moyga isteʼmol soda eritmasini qoʻshish va keyin ajratish uchun sentrifigadan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
  • Rangsizlantirish raps moyining pigment tarkibini kerakli darajaga kamaytirishdan iborat boʻlib, unda asosan azotli muhitda qizdirilgan moy bilan aralashtirish uchun maʼlum miqdorda loydan foydalaniladi, keyin esa rangsizlantirish sisternasida rangsizlantiriladi.
  • Dezodoratsiya moydagi peroksidlarni yoʻq qilish, aldegid, keton yoki boshqa havo taʼsirida oksidlanish natijasida hosil boʻlgan hidli moddalarni tozalashdan iborat. Bunday moddalar oson uchuvchan boʻlib, kanola moyi rangini yorqinlashtirish uchun qoʻshilgan beqaror karotinga zarar yetkazishi mumkin.

Kanola Moyi Ishlab Chiqarish Liniyasidagi Ish Jarayoni Videosi

Uchta odatiy tozalash uskunasi mavjud: partiyali rafinatsiyalash uskunasi, yarim uzluksiz rafinatsiyalash uskunasi va toʻliq uzluksiz rafinatsiyalash uskunasi. Ishlab chiqarish quvvati, byudjet va rafinatsiyalangan moyga qoʻyiladigan talablarga qarab, rafinatsiyalash uskunasi tanlovi tabiiy ravishda farq qiladi. ABC Machinery kompaniyasi muhandislari ishlab chiqarish quvvati va talablarga muvofiq sizga mos keluvchi rafinatsiyalash uskunalarini yetkazib berishi mumkin.

Bu kanola moyi ishlab chiqarish usullari va uskunalari haqida qisqacha maʼlumot. Agar sizga kanola yog'i ishlab chiqarish uskunasi kerak boʻlsa, iltimos, quyida bizga xabar qoldiring.


Hoziroq Bogʻlaning
24/7 Mobaynida Qoʻllab-quvvatlash

Biz ingliz (English), ispan (Español), rus (Русский язык), fransuz (Français) va arab (العربية) tillarida soʻrovlar qabul qilamiz. Bizning professional jamoamiz sizga bir ish kuni ichida javob qaytarishadi. Biz bilan bogʻlaning!

Biz Bilan Bogʻlaning!